Bizning o‘quvchilarimiz SIMOC matematik olimpiadasida g‘olib bo‘ldilar

Millat Umidi maktabi jamoasi Malayziyada bo‘lib o‘tgan SIMOC (Singapore International Math Olympiad Challenge) xalqaro matematika olimpiadasida g‘alaba qozondi. O‘quvchilarimiz ushbu nufuzli musobaqada bilim va qobiliyatlarini namoyon etib, turli medallarni qo‘lga kiritdilar.

Bu muvaffaqiyat nafaqat maktabimiz, balki butun yurtimiz uchun ham katta faxrdir. SIMOC kabi xalqaro olimpiadalar matematika bo‘yicha bilimlarni oshirish va xalqaro tajriba orttirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Millat Umidi maktabi o‘z o‘quvchilarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi va ularning har tomonlama rivojlanishi hamda yangi cho‘qqilarga erishishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi.