Qatar davlatiga uyushtirilgan ta’lim safari doirasida Millat Umidi maktabi o‘quvchilari dunyoning uchta yetakchi universitetiga tashrif buyurdilar. Ular Carnegie Mellon, Georgetown va Northwestern kabi nufuzli oliygohlarda bo‘lib, ta’lim jarayonlari, ilmiy imkoniyatlar va xalqaro dasturlar bilan tanishdilar.
Tashrif davomida o‘quvchilarimiz universitetlar tomonidan maxsus sovg‘alar va mukofotlar bilan taqdirlandilar. Ushbu yutuq nafaqat katta faxr, balki Millat Umidi o‘quvchilarining xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lganining yorqin dalilidir.
Bu sayohat o‘quvchilarimizni kelajakda oliy ta’lim yo‘nalishlarini tanlashga ilhomlantirdi. Dunyoning yetakchi universitetlarida taqdim etilgan ta’lim uslublari va imkoniyatlar ular uchun yangi ufqlarni ochdi.
Millat Umidi maktabi o‘z o‘quvchilariga sifatli ta’lim va noyob xalqaro tajribalarni taqdim etishda davom etadi.