Noyabr oyida Millat Umidi maktabining bir nechta yulduzlari IELTS imtihonida 7+ ball to‘plab, barchamizni ajoyib natijalar bilan xursand qildilar. Ushbu oy davomida o‘quvchilarimiz quyidagi yutuqlarga erishdilar:
• 2 nafar o‘quvchi 8.0 ball oldi
• 4 nafar o‘quvchi 7.0 ball oldi
Bu natijalar yana bir bor maktabimiz xalqaro standartlarga mos sifatli ta’lim berishini tasdiqlaydi. Har oy shunday yorqin yutuqlarni faxr bilan nishonlaymiz va o‘quvchilarimizning muvaffaqiyatlarini yuksak qadrlaymiz.
Millat Umidi maktabi — yuqori maqsadlar va ajoyib natijalarga intilgan iqtidorli o‘quvchilar uchun imkoniyatlar markazi!