O‘quvchilarimiz World Scholar’s Cup finalida muvaffaqiyatga erishdilar

Millat Umidi maktabining o‘quvchilari World Scholar’s Cup tanlovining finalida ishtirok etib, AQShda o‘tkazilgan musobaqada ko‘plab oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdilar.

Ushbu nufuzli tanlovning finali dunyoning eng mashhur universitetlaridan biri bo‘lgan Yale universitetida bo‘lib o‘tdi. Bizning o‘quvchilarimiz bu muvaffaqiyatga Boku shahrida o‘tgan yarim finaldan so‘ng erishdilar.

Sayohat davomida o‘quvchilar shuningdek ilmiy-ta’limiy ekskursiyalarni tashkil etdilar: ular dunyoning yetakchi universitetlari bo‘lgan MIT (Massachusetts Texnologiya Instituti) va Stenford universitetini ziyorat qilib, ularning ta’lim imkoniyatlari bilan tanishdilar.

Bu yutuq yana bir bor bizning o‘quvchilarimizning ilm-fan, xalqaro tanlovlar va yetakchilikdagi salohiyatini tasdiqladi. Biz o‘quvchilarimiz bilan g‘ururlanamiz, ular o‘zining sabri va orzulari bilan mamlakatimiz bayrog‘ini ko‘tardilar va xalqaro maydonda muvaffaqiyatga erishdilar!