O’quvchimiz aqlli robot ixtiro qildi!

O’quvchimiz Samandar Xudanov – Kazakhstan Smart Space 2025 xalqaro tanlovida o’z ixtirosi bilan qatnashdi va gran-pri sohibiga aylandi🏆

Kazakhstan Smart Space – kosmik sohada tadqiqot va sayyoramiz muammolariga innovatsion yechimlarni jamlagan ko’rgazmali musobaqa!

Tanlovda Markaziy Osiyo va Evro Osiyo davlatlaridan kelgan 60 dan ortiq yosh ixtirochilar qatnashishdi.

🧑‍🚀 Yangi sayyoralarda tadqiqot o’tkazish xavfli. Ushbu muammoga yechim sifatida Samandar – Aqlli robot kuchukcha ixtiro qildi.

⚡️ Videoda Samandar ixtirosi haqida aytib berganini ko’rishingiz mumkin.

Barakalla Samandar, siz kabi ixtirochi o’quvchilarimiz bilan faxrlanamiz! Muvaffaqiyatingiz davomli bo’lsin!

BECOME A GLOBAL CITIZEN!