🎓Millat Umidi Maktabi o‘quvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan grantlar umumiy summasi $150 millionga yetdi.
Bu grantlar The University of Edinburgh, Carnegie Mellon, NYU Shanghai, University of Pennsylvania, KAIST kabi dunyo reytinglarida yetakchi o‘rinlarni egallagan universitetlar tomonidan ajratilgan.
Bu yutuq — maktabimizda puxta ishlab chiqilgan ta’lim tizimi, o‘quvchilarimizning tinimsiz harakati, ustozlarimizning sadoqatli mehnati va, albatta, ota-onalarning doimiy duo va qo‘llab-quvvatlashi natijasidir.