U robototexnika va avtomatlashtirish yo‘nalishida to’rtta bellashuvda qatnashib, har birida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Birinchi postimizda siz BUSTR loyihasini va MSITF-2025 g‘alabasini ko‘rgan bo‘lsangiz, hozir yana uchta tanlov va uchta loyihasi bilan tanishtiramiz.
🛰 Kazakhstan SMART SPACE-2025
Samandar “AstroDog” roboti bilan 1-o‘rinni oldi. Bu to‘rt oyoqli robot kosmosda harakatlanadi, atrof-muhitni tahlil qiladi va ma’lumotlarni uzatadi. U 11 ta sensor bilan jihozlangan va internet orqali boshqariladi.
⸻
🏠 UZSPACE-2025
Samandar va uning qarindoshi Javdat “Smart House” — sensorlar, avtomatik boshqaruv va vizual ogohlantirish tizimiga ega aqlli uy loyihasini taqdim etdi. Ular bu bilan kosmik texnologiyalarni kundalik hayotga qanday joriy etish mumkinligini namoyish qildilar. Loyiha bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
⸻
🤖 SUMMER ROBBO-FEST 2025
Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan festivalda Samandarning TARON roboti “Arqon tortish” musobaqasida 3-o‘rinni oldi. Bu kuchli va ixcham robot aynan musobaqalar uchun maxsus yaratilgan.
👏 Barakalla Samandar, yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! Maktabimizda shunday iqtidorli o‘quvchilar ta’lim olayotganidan faxrlanamiz!
BECOME A GLOBAL CITIZEN!