Keyingisi sizning farzandingiz bo‘lishi mumkin!

⚡️ Bizning iqtidorli o‘quvchimiz, Pulatov Shoxjahon, dunyo miqyosida TOP-100 ga kiruvchi nufuzli University of Sheffield universitetiga qabul qilinishi bilan bizni yana bir bor quvontirdi! Uning ushbu ajoyib yutuqlari nafaqat shaxsiy mehnati, qat’iy intilishi va iqtidorining yorqin namoyonidir, balki Millat Umidi maktabining zamonaviy ta’lim uslubi, tajribali ustozlar va innovatsion yondashuvining ham muvaffaqiyat kalitidir.

Shoxjahon oddiy IELTS sertifikatidan ko‘ra, Buyuk Britaniyada ta’lim olish uchun talab qilinadigan UKVI IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi. Ushbu sertifikat uning xalqaro darajadagi ingliz tili bilish darajasiga ega ekanligini tasdiqlaydi va kelajakda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Biz Millat Umidi maktabi sifatida, yoshlarning salohiyatini yanada ochib berish va ularni kelajak yetakchilariga aylantirishda davom etamiz. Keyingi muvaffaqiyat sizning farzandingiz bo‘lishi mumkin!

BECOME A GLOBAL CITIZEN!