5-iyul kuni, Hyatt Regency mehmonxonasida Millat Umidi maktabining 77 nafar bitiruvchisi diplomlarini tantanali ravishda qabul qildi. Ular uchun tashkil etilgan bu marosim iliq, samimiy va hissiyotlarga boy kechaga aylandi☺️
Zal mehmonlarga to‘ldi — ota-onalar, taniqli insonlar va avvalgi yillar bitiruvchilari bu muhim kunda biz bilan birga bo‘lishdi.
Bitiruv marosimida maktabimizning asoschisi Umidjon Ishmuhammedov ham biz bilan edilar. Ular maktabning eng yorqin yutuqlari haqida gapirib o‘tdilar va yangi maktabimiz bo‘yicha qisqacha taqdimot o‘tkazdilar🏫
Shu kuni yil davomida ishlagan 5 nafar eng yaxshi xodim alohida e’tirof etilib, mukofot sifatida Gruziyaga dam olish safariga yo‘llanma bilan taqdirlandi⭐️