Ochiq osmon ostida yozgi oromgoh!

🤩 6 nafar o‘quvchimiz, Yoshlar Ittifoqi bilan birgalikda, Turkiyada o‘tkazilayotgan xalqaro İzciler (Boy Scout) oromgohida ishtirok etmoqda.

Ular 10 kun davomida o‘rmon ichida, chodirlarda yashab, turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan vaqt o‘tkazishadi.

🌐 Ushbu oromgohda shu paytgacha Turkiya, Rossiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Arab davlatlari kabi mamlakatlardan bolalar qatnashib kelgan.

🏕️ Oromgohda yoshlar tabiat bilan yashashni, mustaqillikni, jamoaviylikni va yetakchilikni o‘rganib, hayotiy ko‘nikmalar hamda yangi do‘stlar orttirishadi.