24-sentyabr kuni o‘quvchilarimiz O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan ICT Week doirasida tashkil etilgan ICT Forumga tashrif buyurishdi! 🌍
Loyihaning maqsadi — innovatsiyalarni namoyish etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yoshlarni texnologiyalar dunyosiga yanada yaqinlashtirishdir.
Bu yilgi forumda:
🔹 20 000 dan ortiq tashrif buyuruvchi
🔹 300+ startup va kompaniya
🔹 50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishdi.
Bunday tadbirlar o‘quvchilarimizning dunyoqarashini kengaytiradi, ularni yangi g‘oyalar bilan tanishtiradi hamda kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniqlashga yordam beradi💫
BECOME A GLOBAL CITIZEN!