World Scholar’s Cup (WSC) – maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan xalqaro musobaqa bo‘lib, unda ishtirokchilar turli akademik mavzularda munozaralar, insholar yozish, viktorinalar va jamoaviy o‘yinlarda bellashadilar.
O’tkan yili ham AQSHdagi Yale universitetida bo’lib o’tgan musobaqaning final bosqichida qatnashgan edilar. Bu yil ham qatnashib, Qatar, Xitoy, Yaponiya, BAA kabi davlatlarga yo’llanma oldilar🥳
🏆 Maktablar o’rtasida o’quvchilarimiz:
- Scholar’s Challenge bo’yicha 1 va 5 o’rinlar
- Scholar’s Bowl bo’yicha 1-2-3-o’rin
- Individual Writing bo’yicha 2,3 va 5 o’rinlar
- Team Debate bo’yicha 1 va 4 o’rinlar;
- Individual Debate bo’yicha 1,3 va 4 o’rinlarni qo’lga kiritishdi.
Ko’rib turganingizdek, o’quvchilarimiz oldingi o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Shuningdek ular 200 ga yaqin oltin va kumush medallarga sazovor bo‘lishdi!
🕊️ Bu yutuqlar ularning tinimsiz mehnati, ustozlarning bergan bilimi va ota-onalar duosi natijasidur.