O‘quvchimizning loyihasi TEKNOFEST’da!⚡️

O‘quvchimiz Samandar Xudanov ayni damda Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan TEKNOFEST 2025 xalqaro texnologiyalar festivalida ishtirok etmoqda!

U O‘zbekiston pavilyonida o‘z loyihalarini taqdim etdi.

🤖 SARBA — o‘quvchimiz Samandar tomonidan yaratilgan yer usti harbiy roboti, tomoshabinlar va ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Loyihaning texnologik yechimlari va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.

📡 TEKNOFEST — dunyodagi eng yirik texnologiya festivallaridan biri bo‘lib, har yili millionlab tashrif buyuruvchilarni bir joyga jamlaydi.
Bu nafaqat ko‘rgazma va tanlovlar, balki ilmiy almashinuv va yangi g‘oyalar maydonchasidir.

Samandarning yutuqlari — uning mehnati va iqtidorining natijasi.
Shu bilan birga, biz uning ota-onasiga ham bunday izlanuvchan va iste’dodli farzandni tarbiyalaganlari uchun minnatdorlik bildiramiz 😊

⚡️ Samandarga kelgusi bosqichlarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

BECOME A GLOBAL CITIZEN!